Bankomatda nosozlik bo‘lib bank kartasi qolib ketsa qayerga murojaat qilish kerak? Markaziy bank viloyat boshqarmasi izoh berdi
Bir necha sabablar bilan bankomatda nosozlik kuzatilishi mumkin Boshqarma axborot xizmatiga ko‘ra, buning bir nechta sabablari bor. Jumladan:
- Elektr ta’minotidagi uzilish;
- Internet aloqasidagi uzilish;
- «Slip» (bank operatsiyasi haqidagi axborot)ni chiqaruvchi qog‘oz o‘ramining tugab qolishi hamda ushbu qog‘ozlarning bankomat ichida to‘planib, tiqilib qolishi;
- Naqd pul zaxirasining tugab qolishi;
- Havo haroratining keskin pasayishi (ishchi rejimi harorati +5 dan +40 darajagacha) oqibatida bankomatning ehtiyot qismlari (rezina, rement va b.)ning qotib qolishi natijasida ishlamasligiga olib keladi.
Markaziy bank axborot xizmatiga ko‘ra, yuqoridagilar kelib chiqib, bankomatning ishlash rejimining texnik parametri to‘g‘risida hamda bank va mas’ul xodimlarning ishonch telefon raqamlari aks ettirilgan ma’lumotlar hab bir bankomat yonidagi e’lonlarda qayd etilgan.
“Shuningdek, elektr ta’minotidagi uzilishlar sababli bankomatlar ishlamayotganiga duch kelsangiz, bank ish kuni davomida bank kassasida joylashgan terminallar orqali plastik kartangizdagi mablag‘larni naqdlashtirish uchun bank filialiga murojaat qilishingizni bildiramiz.
Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasida fuqarolarning barcha murojaatlari uchun 662334707 raqami, ish xaqi, pensiya va boshqa naqd pul berish masalalari buyicha 662333004 raqami, bank kassasidan plastik kartadan naqd pul olish va bankomatlar bo‘yicha 662310310 raqami, valyuta amaliyoti masalalari bo‘yicha esa 662334944 ishonch raqamlari tashkil qilingan.
Fuqarolarning murojaatlarini tezkor bartaraf etish bo‘yicha tijorat banklarining barchasida ishonch telefonlari tashkil qilingan.
Bundan tashqari, Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasida mijozlarning murojatlarini qabul qilish uchun tunu kun rejimida ishlovchi +998 97 919-37-02 raqamli telegram messenjeri ham faoliyat ko‘rsatmoqda”, deyiladi xabarda.