Samarqandda bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Voqea shu yil 26 fevraldan 27 fevralga o‘tar kechasi soat 00:16 lar atrofida Samarqand shahar Amir Temur ko‘chasida joylashgan ATB “Hamkor bank" viloyat filiali binosi oldida sodir bo‘lgan.

Bino oldidagi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchasida joylashgan bankomatni noma’lum shaxs temir jism bilan ochayotgan vaqtda Samarqand shahar qo‘riqlash bo‘limi xodimlari, safdorlar O‘.Toshpo‘latov, Q.Bobonazarov hamda o‘sha vaqtda xizmat faoliyati tekshiruvi olib borayotgan qo‘riqlash xizmati xodimlari, mayor A.Tursunov, katta leytenant P.Mullajonovlar tomonidan qo‘lga olingan.

Fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida IIBga olib borilganda ushbu fuqaro 2004 yil tug‘ilgan, Jomboy tumanida yashovchi I.M. ekanligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar 5-son IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.