Bankomatni tunamoqchi bo‘lgan shaxs voqea joyida ushlandi
Joriy yilning 15 oktyabr kuni AT Agrobank G‘allaorol tumani bo‘limi binosida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Jizzax viloyati qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari soat 00:40 larda kuzatuv kamerasi monitori orqali bank binosi yonida joylashgan bankomat xonasiga no’malum shaxs tomonidan yuziga niqob taqqan holda kirib, pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ravishda olishga urinayotganligini ko‘rishadi.
Xodimlar tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbir natijasida ushbu shaxs bankomat xonasidan chiqib ketishga ulgurmay ushlangan.
Shundan so‘ng xodimlar tomonidan tuman IIBga xabar berilgan va voqea joyiga yetib kelgan tezkor tergov guruhiga o‘rnatilgan tartibda topshirilgan.
Holat yuzasidan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilganda mazkur shaxs G‘allaorol tumani Qipchoqsuv QFYda yashovchi 1999 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan O.Z. ekanligi aniqlangan.
Hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishturuv ishlari olib borilmoqda.