Oliy sud raisi o‘rinbosarlari sayyor qabul o‘tkazmoqda

– Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari sayyor qabul o‘tkazishi haqida eshitganimizdan so‘ng aholi vakillari sifatida ushbu tadbirga keldik, – deydi I.Antonova. – B.Dehqanov murojaatimizni eshitib, bu masala bo‘yicha aholi fikri inobatga olinishi va tez orada asoslantirilgan xulosa berilishini aytdi.

17 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari B.Dehqanovning Samarqand shahrida shahar va Samarqand tumani aholisi uchun o‘tkazgan sayyor qabulida o‘nlab fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan, shu paytgacha yechim topilmagan masalalar yuzasidan murojaat qildi.

Oliy sud raisi o‘rinbosari va Oliy sud sudyalari har bir murojaatchini eshitib, ularning masalalari bo‘yicha tegishli tartibda javob berdi. O‘rganish talab etiladigan murojaatlarga muddat belgilanib, fuqarolar bundan xabardor qilinishi aytildi.

Oliy sud raisining yana bir o‘rinbosari X.Yodgorov Past Darg‘om va Urgut tumanlarida ushbu tumanlar va Nurobod hamda toyloqlik aholini qabul qildi.

Joylardagi sayyor qabullar chog‘ida aholi bilan yurtimizdagi sud-huquq islohotlari haqida muloqotlar ham o‘tkazildi.

18 sentyabr kuni Oliy sud raisi o‘rinbosarlari Narpay, Kattaqo‘rg‘on, Payariq va Jomboy tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazadi.

19 sentyabr kuni esa Oliy sud raisi K.Kamilov Qo‘shrabotda tuman aholisi bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazishi rejalashtirilgan.