Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining maoshi ochiqlandi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri imzosi bilan oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan assistentdan — professor unvonigacha bo‘lgan o‘qituvchilarning ish haqi miqdori tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari 1 shtat birligida quyidagicha maosh oladi:

O‘qituvchi-stajer – 4 347 279 so‘m

Assistent (darajasi va unvoni bo‘lmagan) – 4 911 251 so‘m
Assistent (darajasi yoki unvoni bo‘lgan) – 5 287 231 so‘m
Assistent (darajasi va unvoni bo‘lgan) – 5 663 213 so‘m

Katta o‘qituvchi (darajasi va unvoni bo‘lmagan) – 5 522 220 so‘m
Katta o‘qituvchi (darajasi yoki unvoni bo‘lgan) – 6 039 194 so‘m
Katta o‘qituvchi (darajasi va unvoni bo‘lgan) – 6 415 175 so‘m

Dotsent (fan nomzodi yoki dotsent) – 6 156 687 so‘m
Dotsent (fan nomzodi va dotsent) – 6 885 151 so‘m
Dotsent (fan doktori yoki professor) – 7 355 127 so‘m

Professor (fan doktori yoki professor) – 7 801 604 so‘m
Professor (fan nomzodi, PhD va professor) – 8 177 584 so‘m
Professor (fan doktori va professor) – 8 694 558 so‘m

Kafedra mudiri (ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega emas) – 7 543 117 so‘m
Kafedra mudiri (fan nomzodi yoki dotsent, PhD) – 8 553 565 so‘m
Kafedra mudiri (fan doktori yoki professor) – 9 117 536 so‘m