Oliygohlarda malaka oshirish o‘quv kursi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid xodimlarining bugundan "Yangi O‘zbekiston: ijtimoiy-dunyoviy davlatdan ma’rifatli jamiyat sari" mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish bo‘yicha 32 soatlik malaka oshirish o‘quv kursi boshlandi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mas’ul xodimlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talabalar turar joylaridagi tarbiyachi-pedagoglardan iborat xodimlar bugun mas’ul mutaxassislar tomonidan ma’ruza qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "Yangi O‘zbekiston Strategiyasi" kitobi. Ma’naviy taraqqiyotning maqsad vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari” hamda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi ma’ruzalarini tinglashdi.