Ombudsman maktabining odamlarga nima nafi bor?

Urgut tumani Mirzabog‘lon va Chep maxallalarida 565 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik natijalari bo‘yicha kam ta’minlangan, operatsiyaga muhtoj 10 nafar fuqaror ro‘yxati shakllantirildi. Ularni imtiyozli asosda - bepul operatsiya qilish choralari ko‘riladi.

Tadbir doirasida, shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan 14 fuqaroga reabilitatsiya uskunalari (5 ta nogironlik aravachasi, 6 ta qo‘ltiqtayoq va 3 ta eshitish moslamasi) berildi. Bundan tashkari, 38 kishi tuman markaziga bormasdan turli davlat xizmatlardan foydalandi.
Kontrakt asosida o‘qiyotgan 37 nafar talaba-yoshlarni soliq tomonidan qaytarib beriladigan 12 foizlik hujjatlari rasmiylashtirilib, yig‘ilganlarga bu imtiyozdan foydalanish tartibi tushuntirildi.
Mahallada 2 oydan buyon suyultirilgan gaz yetkazilmaganligi aniqlanib, to‘ldirilgan gaz ballonlari tarqatildi. Yanngi oilalarga gaz ballonlar berish bo‘yicha hujjatlar qabul qilindi.
Tashqi mehnat migratsiyasi rahbari tomonidan chet elda qonuniy ishlash tartibi, monomarkazlarda bepul o‘qish imkoniyatlari tushuntirildi.
Tadbir davomida Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili va yig‘ilishda ishtirok etgan tashkilotlar tomonidan sayyor qabul ham tashkilib etilib, 41 fuqaroning murojaatlari eshitildi.