Ombudsmanning so‘roviga Samarqand viloyatidan ham javob bo‘lmagan

Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) tomonidan shikoyat xatlari ko‘rib chiqish jarayonida viloyat hokimliklariga shu yilning birinchi choragida 168 ta so‘rov xati jo‘natilgan bo‘lsa, xatlarning 98 tasiga mahalliy hokimliklar tomonidan javob xatlari yuborilmagan yoki belgilanmagan muddatda yuborilgan. Xususan, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan shu yil 9 ta so‘rov xatlariga javob xati berilmagan.

«Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi Qonunning 14 va 15-moddalariga ko‘ra, vakil shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni tekshirishda ko‘maklashishni so‘rab tashkilotlar va mansabdor shaxslarga murojaat qilish, tashkilotlar va mansabdor shaxslardan hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash hamda olish va boshqa huquqlarga ega. Mansabdor shaxslar fuqarolarning huquqlari, ekinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligiga taalluqli vakil so‘ragan hujjatlar, material va boshqa ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hisobotidan.