Ona bo‘sasi - mo‘’jiza

Bu suratda ikkita inson - ona va bola miyasining porlayotganini ko‘rish mumkin. Bu ikki asab tizimining sinxron raqsi, so‘zi yo‘q til, sevgi kodi...

Bir zum tasavvur qiling: ona o‘z farzandini mehr bilan o‘pmoqda. Bir qarashda bunday tabiiy holat onaning o‘z zurriyodiga qilayotgan sevgi ishorasi deysiz, lekin uning zamirida... haqiqiy mo‘’jiza yotadi.
Ona mehrining ilmiy suratini amalga oshirish maqsadida funksional magnit-rezonansli tomografiya o‘tkazildi.

Asab tizimi, shu jumladan miya, uning xulq-atvori va kognitiv jarayonlar ta’sirini o‘rganadigan fanlararo soha - neyro ilm-fan inson instinktiga shundoq ham ma’lum bo‘lib kelgan narsani vizual tarzda tasdiqlab berdi.
Ona bolasini o‘pganda, u nafaqat uning terisiga, balki o‘z farzandining miyasiga tegib ketar ekan. Bu oddiygina tuyuladigan aloqa ona va bolani chuqur o‘zgartiradigan ko‘rinmas aloqalar bo‘ronini qo‘zg‘atib yuboradi.

Shu lahzada onada:
• miya yadrosiga yondosh zavqlanish, rag‘bat va motivatsiya funksiyalari uchun mas’ul bo‘lgan hududlar tizimi - dofamin markazlari  faollashadi;
• emotsional jarayonlarni tartibga solishda asosiy rol o‘ynaydigan miyadagi bodomsimon tizim (mindalina) ishga tushadi, tananing ko‘plab hayotiy funksiyalari boshqarilishining asosiy markazi gipotalamus kuchli hissiy, himoya reaksiyalarni keltirib chiqaradi.
• stressni kamaytiradigan, aloqani mustahkamlaydigan va deyarli buzilmaydigan birikma hosil qiluvchi sevgi gormoni oksitotsin ajralib chiqadi.

Bolada:
• yurak tinchlanadi, tana bo‘shashadi;
• stress gormonlari darajasi pasayadi;
• u o‘zini xavfsiz, muhabbat og‘ushida his qiladi;
• aynan shu daqiqada miya farzandning kelajakdagi butun hayotiga, ishonch, yaqinlik va sevish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan muhabbatni qayd qila boshlaydi.
Qo‘shimcha ravishda ona miyasi xuddi eng qimmatli narsani himoya qilayotgandek ishlay boshlaydi.
Bolaning miyasi esa bu signalni xotirjam qabul qiladi.
Ikkalasi ham almashinadi. So‘zsiz. Faqat o‘zaro bog‘liqlikdan, iliqlikdan.
Bu sevgi neyrobiologiyasi. Bu bizning ich-ichimizda iz qoldiradigan g‘amxo‘rlikdir. Va bularning barchasi - bitta, oddiy, samimiy bo‘sa tufayli sodir bo‘ladigan holatlar.
Ona muhabbati - bu mo‘’jiza, haqiqiy sehr.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.