Onkologiya va radiologiya tibbiyot markazi Samarqand filialida umumta’lim maktabi filiali ochiladi

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida 68 nafar maktab yoshdagi bola onkologiya-gematologiya kasallliklaridan davolanish uchun ro‘yxatda turadi.
Mutaxassislarning aytishicha, onkologik kasalliklarga chalingan bolalar birinchi marta (bir kurs) davolanish jarayonida 36 kun, ikkinchi va uchinchi marta davolanish jarayonlarida 45 kundan ushbu tibbiyot maskanida yotishlari kerak bo‘ladi.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shokir Sultonov va mutaxassislar bugun mazkur markazda bo‘lib, markazda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, davolanayotgan maktab yoshdagi bemor bolalarning tengdoshlaridan ortda qolib ketmasligi uchun markazda umumta’lim maktab filialini tashkil etishga qaror qildi.

Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.