O‘qituvchi, ijodkor, davlat arbobi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida Sh.Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash haqida so‘z yuritiladi. Chunki u sovet totalitar tuzumi davrida fidokorona mehnati, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan mamlakat, adabiyot va madaniyat rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi.

Sh.Rashidov 1917 yilda Jizzax viloyatining Sovungarlik (bugungi Sharof Rashidov) qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topgan.

Джизак. Часть города «Мульканлык», вид из цитадели, XIX век

Uning otasi Rashid Xalilov oddiy dehqon edi. Tong otgandan kun botgunga qadar farzandlari kamoli uchun dalada mehnat qilardi. Rashid otaning 6 nafar o‘g‘li bor edi - Kamol (1915 yil), Sharof (1917 yil), Saxob (1920 yil), Isom (1923 yil), Asil (1926 yil), Nosir (1930 yil).

Халилов Рашид ота. 1890­1954 г

Ularning ota-onasi o‘z davrining savodli kishilaridan bo‘lgan. Onasi Qo‘ysinoy ona qizlar maktabini tugatgandi, arab tilida o‘qish va yozishni bilardi. Rashid ota esa boshlang‘ich ta’limni tugatgandi.

Халилова (Насырова) Куйсиной она. 1892­1955 г.

 “Rahbar davr talabiga javob berishi uchun ilmli bo‘lishi kerak”

1926 yilda Sharof Rashidov tug‘ilgan qishlog‘idagi 7 yillik maktabga o‘qishga bordi. 1933 yil maktabni tugatgach, mahalliy pedagogika texnikumiga o‘qishga kirdi. Ushbu bilim yurtini a’lo baholar bilan tamomlagan Sharof 1937 yilda Samarqand davlat universitetining (O‘zbekiston davlat universiteti) filologiya fakultetida tahsilini davom ettirdi. Oliygohda o‘qish bilan birga “Samarqand” nashriyotida faoliyat olib bordi.

Самарканд. 1947 год

Sh.Rashidov davlat rahbari bo‘lgan davrda ham kitob o‘qishdan va kitob yozishdan voz kechmadi. U davr talabiga javob berish uchun ilmli bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi kerak, deb hisoblardi.

Urush yillaridagi jasorati

Шараф Рашидов с однополчанином. 1941 год

1941 yilning iyun oyida SamDU bitiruvchilari diplom ishlarini himoya qildi. Ayni shu vaqtda nemis fashistlari sobiq ittifoq hududiga bostirib kirdi. Bu davrda insoniyat tarixidagi eng dahshatli va qonli Ikkinchi jahon urushi avjiga chiqdi.

Младший комвзвода Ш. Р. Рашидов с отцом накануне отправки на фронт. 1941 год

1941 yil avgustda SamDUning yuzlab talabalari va o‘qituvchilari urushga ketdi. Sh.Rashidov ham ular bilan birga, o‘z xohishi bilan qizil armiya tarkibiga qo‘shildi. U Qirg‘iziston poytaxti Frunze (hozirgi Bishkek) shahriga piyodalar tayyorlash o‘quv mashg‘ulotlariga yuborildi.

Фрунзе. Улица Казарменная. Казармы Пехотного училища

Keyinchalik Moskva ostonasidagi janglarda mardonavor jasorati uchun “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Ittifoq mudofaa vazirligi arxivida saqlanayotgan hujjatda shunday deyilgan: “Pena va Arinino qishloqlari uchun kechgan jangda rota komandiri jismonan yo‘q qilinganidan so‘ng rota kichik komandiri Rashidov rota komandirligini o‘z bo‘yniga oldi. U o‘zining shaxsiy qahramonligi misolida vazifani ijobiy bajarish uchun jangchilarni ruhlantirdi. Rotaning oldingi qatorida  harakatlandi va jarohatlandi” (1942 yil 28 avgustda Sh.Rashidovni “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi Kalininskiy fronti bosh qo‘mondonining 306/n-sonli buyrug‘idan ko‘chirma).

Демянский плацдарм. Фото из архива

Dalada dehqon, qurilishda quruvchi, ishlab chiqarishda ishchi

Og‘ir jarohat olib, Sverdlovsk (Yekaterinburg) viloyatining Revda shahrida uzoq muddat davolangandan so‘ng Sh.Rashidov Jizzaxga qaytib keldi. Maktabda o‘qituvchilar yetishmasligi sababli u maktab direktorligi va o‘qituvchilik vazifasini bajardi.

Годы учебы в университете. Филологический факультет Самаркандского государственного университета. Шараф Рашидов справа в первом ряду, 1938–1941 годы

1943 yilda Sharof Rashidov Samarqand viloyatining “Lenin yo‘li” (hozirgi “Zarafshon”) ro‘znomasiga bosh muharri etib tayinlandi. 1947 yilda u Respublikaning bosh nashri “Qizil O‘zbekiston” gazetasiga muharrirlik qilishni boshladi va O‘zbekiston Oliy Soveti deputatligiga saylandi. 1949 yilda u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi etib tayinlandi.

Работа в редакции. Первые публикацииШараф Рашидов – ответственный редактор газеты «Ленин йули». 1943­-1944 год

1956 yilning mart oyida Sh.Rashidov sobiq ittifoqning markaziy qo‘mitasiga 1937-1938 yillarda O‘zbekistonning yetuk olimlari va adiblari “xalq dushmani” tamg‘asi bilan nohaq sudlangani va ularni oqlash lozimligi talabi bilan chiqdi.

Шараф Рашидов в кругу членов коллективного хозяйства, 1943 год

1959 yilning martida esa u O‘zbekistonning birinchi kotibi (davlat rahbari) etib saylandi.

Sharof Rashidov doimo kelajakka intilib yashadi. U bo‘lib o‘tayotgan voqea hodisalarni keng tahlil qilishga va xulosa chiqarishga o‘zida ko‘nikma hosil qilgandi. To‘g‘ri qarorlar qabul qilishida unga jurnalistika va adabiyot sohasidagi tajribasi ko‘makchi bo‘ldi. Umrining oxirigacha ijoddan uzoqlashmadi - o‘qidi, yozdi.

Шараф Рашидов

Atoqli davlat arbobi, ijodkor hech qachon xonasida o‘tirib, telefon orqali buyruq bermagan. U doimo voqealar rivojida yashab, halqning ichida yurdi va ularning xursandchiligi va muammolaridan xabardor bo‘ldi. Dalada dehqon, qurilishda quruvchi, ishlab chiqarishda ishchi bo‘lib, xalqqa xizmat qildi.

Шараф Рашидов – секретарь областного комитета партии по кадрам Самаркандской области, кандидат в депутаты Верховного Совета УзССР. 1947 год. СамаркандШараф Рашидов и Хурсаной Абдугаффарова накануне своей свадьбыРеспубликанский мотокросс на приз газеты «Кизил Узбекистон». 1948 годШараф Рашидов с сотрудниками газеты «Кизил Узбекистон»Шараф Рашидов на стройкеУзбекская делегация в городе КиевеРеспубликанский мотокросс на приз газеты «Кизил Узбекистон»Шараф Рашидов на отдыхе. Кисловодск. 1948 годЗдание Союза писателей Узбекистана, 1980 годШараф Рашидов – председатель Союза писателей Узбекистана. Встреча с писателямиПрезидиум съезда писателей УзбекистанаШараф Рашидов в редакции журнала «Дружба народов»Выступление Шарафа Рашидова на совещании работников печатиВ Доме литераторов Союза писателей УзбекистанаШараф Рашидов с деятелями культуры

Bekzod MUSURMONOV tayyorladi.