Zamonaviy laboratoriya tahlillari agrar tarmoqning ertasini belgilaydi

O‘simliklarni himoya qilish va karantini agentligi qoshidagi viloyat "Agrokimyoviy tahlil markazi"da 16 xil tuproqdagi makro va mikroelementlarni, uning fizik va kimyoviy xususiyatlarni aniqlash, kuzatuv va nazorat nuqtalarida toksikologik va radiologik tahlillar, tuproqning muhit reaksiyasi va hokazo tahlillar o‘tkazish mumkin.
Joriy yilning ikkinchi choragida ushbu markaz tomonidan Jomboy, Toyloq va Urgut tumanlarida 32734 gektar maydondan tuproq namunalari olinib, laboratoriya tahlillari o‘tkazildi. Ushbu tahlillar asosida 31 ming 780 gektar maydonga agrokimyoviy xaritanomalar ishlab chiqildi hamda tegishli tavsiyalar bilan birga yer egalariga topshirildi.
Qishloq xo‘jaligiga yetkazib beriladigan mineral o‘g‘itlardan namunalar olinib, ular sifat talablariga mos kelishi bo‘yicha jami 70 million so‘mlik tahlillar o‘tkazildi va tegishli xulosalar berildi.
Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati.