Oq uy Xitoyga nisbatan tariflarni 104 foizga oshirdi

Kecha, 8 aprel kuni Oq uy Xitoydan keladigan tovarlarga tariflarni qo‘shimcha 50 foizga oshirishga qaror qilgani va yakuniy stavkani 104 foizga yetkazganini ma’lum qildi.

Yangi stavka bugundan kuchga kiradi. Bungacha Xitoy AQSh prezidenti Donald Trampning tahdidlari va Vashington “shantaji”ga bo‘ysunmasligi, zarar ko‘rgan fond bozorlari vaqtincha barqarorlashganiga qaramay, avj olayotgan savdo urushida “oxirigacha kurashish”ga va’da bergan edi.
AQSh ma’muriyati yangi tariflarni joriy etishidan bir necha soat oldin markaziy bank vazifasini bajaruvchi Xitoy Xalq banki AQSh dollari qiymatini 77 dollarga belgiladi. Bu valyutaning biroz zaiflashishiga imkon beradi.