Oqdaryo tumanida Bandlikka ko‘maklashish markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Buning uchun 1 milliard 36 million so‘m mablag‘ sarflandi. Mehnatga layoqatli va o‘z ish o‘rniga ega bo‘lmagan fuqarolarning munosib ish topishlariga ko‘maklashadigan mazkur markazda axborot almashish, ishsizlarni ro‘yxatga olish va bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar taqdim etish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Markazning ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimi F.Abilov va mutasaddilar ushbu markazning ahamiyati va aholiga qulaylik yaratishdagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar.

Eslatib o‘tamiz, Oqdaryo tumanida 156 mingdan ortiq fuqaro istiqomat qiladi, ularning 92 mingdan ortig‘ini mehnatga layoqatli aholi tashkil etadi. 

Oqdaryo tumani hokimligi matbuot xizmati.