Oqdaryoda 30 yoshli yigit ulfatining atomashinasida beton to‘siqqa urildi

2020 yilning 2 noyabr kuni soat 15:00 larda 33 yoshli Feruz N. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashinani boshqarib, tanishlari - 33 yoshli Olim M. va 30 yoshli Jasur P.lar bilan birga Oqdaryo tumani Loyish shaharchasi, Navro‘z ko‘chasida joylashgan oshxonaga ovqatlanish maqsadida boradi.

Avtomashinani oshxonaning hovlisida qoldirib, oshxonada tanishlari bilan spirtli ichimlik iste’mol qilishgandan so‘ng mast holatdagi tanishi Jasur P. unga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashinaning eshigi qulflanmaganligidan va o‘t oldirish kaliti turganligidan foydalanib, avtomashinani olib qochadi va Oqdaryo tumani Bolta qishlog‘ining ichki yo‘lida boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvini yo‘qotadi, oqibatda avtomashina beton to‘siqqa borib uriladi.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 24 noyabr kuni Oqdaryo tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qo‘yish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.a