Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryoda alimentdan bo‘yin tovlagan besh nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqdaryo tuman sudining tegishli qarorlariga asosan besh nafar shaxs voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan besh nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47(4)-moddasiga binoan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Sud jarayonida bilagi kuchga to‘lgan, tog‘ni ursa talqon qilgudek yosh yigitlardan birortasi qarzdorlikni to‘lash istagini bildirmagan.

Byuroning Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i Nurqo‘zi G‘aniyevga ko‘ra, aliment masalalariga oid tadbirlar davom etmoqda.