Oqdaryoda xonadonida kannabis yetishtirayotgan shaxs aniqlandi
- 25.08.2021 11:23
- 136
- Jinoyat va jazo

#Tezkor
56 yoshli kishi hovlisida 8 tup giyohvandlik o‘simligi yetishtirgan, xonadoni ko‘zdan kechirilganda 30 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasi topilgan
Viloyat davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorlikda Oqdaryo tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida tumanning Yangiqo‘rg‘on mahallasida giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi.
Shu mahallada yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro U.F. yashash xonadonida noqonuniy ravishda 8 tup «kannabis» giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotganligi aniqlandi. Uning xonadonini ko‘zdan kechirish jarayonida taxminan 30 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasi borligi ham ma’lum bo‘ldi.
Hozirda fuqaroga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim