Narpayda o‘z xonadonida 11 va 47 tup "kannabis" giyohvand o‘simligini o‘stirayotgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15 iyun kuni soat 15:00 larda Samarqand viloyati IIB jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Narpay tumani hududida o‘tkazilgan "Qoradori - 2021" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida tumandagi Boyg‘ozon qishlog‘ida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro Ya.R.ning yashash uyi, yordamchi xo‘jalik xonalari va ekin maydonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Tadbir davomida Ya.R.ning yashash xonadonidagi qurilishi bitmagan bino ichidan va ekin maydonlaridan jami 11 tup "kannabis" giyohvand o‘simligi topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi.
Shu kuni soat Narpay tumani Qoraxitoy qishlog‘ida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro T.J.ning yashash uyi, yordamchi xo‘jalik xonalari va ekin maydonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashash xonadonining ekin maydonidan 47 tup “kannabis” giyohvand o‘simligi topilib, tegishli tartida hujjatlashtirilib olindi.
IIV Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabariga ko‘ra (https://iiv.uz/news/qoradori-2021-tezkor-profilaktik-tadbiri-samarqand-viloyatida-davom-etmoqda), mazkur holatlar yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.