O‘qituvchilarning 383 million 560 ming so‘m ish haqi undirib berildi
Urgut tumani adliya bo‘limi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi qaroriga asosan tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan xodimlar ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lanishini monitoring asosida o‘rgandi.
Tuman adliya bo‘limi katta maslahatchisi J.Xushnazarovga ko‘ra, o‘rganish natijasida tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarining 101 nafar xodimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan 383 million 560 ming so‘m miqdoridagi ish haqlari to‘lab berilmaganligi aniqlangan.
"O‘rganishlarimiz natijasida ushbu mablag‘ to‘lab berilishi to‘liq ta’minlandi", deydi J.Xushnazarov.