O‘qituvchilarning Prezident Murojaatnomasi haqidagi tushunchalari yanada mustahkamlandi

Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi hamkorligida Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktorining o‘rinbosari D.O‘rinboyeva olib borgan mazkur tadbirda partiya vakillari, umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari, markaz pedagog xodimlari ishtirok etdi.

Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi o‘rinbosari I.Botirov, “Samarqand” viloyat teleradiokompaniyasi direktori, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Ixtiyorov Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, unda ta’lim tizimi vakillari oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar xususida fikr bildirishdi. Murojaatnomaning tub mohiyati, Prezidentimizning kelgusida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda olg‘a surgan takliflarini izohlab berishdi. Yillarning nomlanishi, inson manfaatlarini himoya qilish, bu borada O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalarga to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbirda o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Abduhoshim ZIYoDOV.