O‘qituvchilikning ijtimoiy mavqei, bu boradagi xalqaro tajribalar o‘rtoqlashildi

Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursida “Sizga ta’zim, aziz ustozlar!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda SamDU dotsenti, mehnat faxriysi A.Musayev, TATU Samarqand fililali professori R.Indiaminov, Samarqand shahridagi 6-umumta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, «Xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni sohibasi F.G‘affarova va boshqalar o‘qituvchilik kasbining ijtimoiy mavqeini oshirish borasida xalqaro ilg‘or tajribalar va tadqiqotlarga to‘xtalishdi.

Samarqand pedagogika kollejining badiiy havaskorlar guruhi tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiq va raqslari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.