O‘qituvchining kasbiy standarti: amaliyotga joriy qilish va istiqboldagi vazifalar

Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida shu mavzuda respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi tashkil etildi.

Unda A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ayubxon Rajiyev bugungi kun o‘qituvchilarining kasbiy standartlarini belgilash va uning muhimligi haqida ma’ruza qildi.

Shuningdek, onlayn konferensiyada markaz direktori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent A’lamjon Ibragimov, Gersin nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti metodisti N.V.Moyesiyeva, Afg‘onistonning Javzijon davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti bo‘limi o‘qituvchisi Sayid Tuyg‘un va soha mutaxassislari mavzu yuzasidan o‘z chiqishlari bilan qatnashdi.

Markazda tashkil etilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirokchilar sho‘’balarda ish olib bordi va sohada olib borilayotgan islohotlar, yutuq va kamchiliklar yuzasidan fikr almashildi.

Konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lib o‘tdi.