O‘quvchi mobil telefoni portlashi qurboni bo‘ldi
Voqea Vetnam boshlang‘ich maktabi o‘quvchisi dars tayyorlayotganda ro‘y berdi.
Mamlakatda mavjud pandemiya cheklovlari tufayli mahalliy maktablarda dars masofadan turib o‘tkaziladi.
Ngean provinsiyasidagi maktabning beshinchi sinf o‘quvchisi zaryad olayotgan telefon orqali darsga ulandi. To‘satdan gadjet portlab, bolaning kiyimlari yona boshladi.
Yordamga yetib kelgan qo‘shnilar uni tezda kasalxonaga yetkazishga harakat qilishdi. Biroq, bola shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.
Vetnam OAVlari yozishicha, bolaning oilasi politsiyadan fojia sabablarini tergov qilmaslikni so‘ragan.
Mobil qurilmaning modeli haqida ham ma’lumot yo‘q.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqining zaryadlovchi uskunalar yagona standartini joriy etish niyatiga Apple munosabati haqida Sputnik radiosida aytilgan edi.