Orqaga ucha oladigan qush, tili o‘zidan uzun jonzot va qo‘lga o‘rganmaydigan yagona sut emizuvchi: g‘aroyib jonivorlar

Timsoh hamlasidan omon qolishning yagona usuli uning ko‘z soqqasi ustiga bosh barmoqlar bosish ekan.

 

Akulalar hatto tug‘ilishidan avval ham inson uchun xavf tug‘dira olar ekan. Qanday qilib, deysizmi? Tadqiqotchi Styuart Spinger laboratoriyada jonsiz ona akula ichki a’zolarini o‘rganayotgan chog‘da uni embrion tishlab olgan.

 

Buqalamunning tili uning tana uzunligidan ikki karra ortiq  cho‘zilar ekan.

 

Kolibri orqaga  ham ucha oladigan  yagona qush hisoblanadi.

Komodo bahaybat echkiemarlari hatto to‘ng‘iz va kiyiklarga ham hamla etishga qodir.

 

Agar sap-sariq kanareyka qizil bulg‘or qalampiri bilan boqilsa uning patlari yorqin olovrang tus olar ekan.

 

Burgut parvozda  muvozanatini saqlab qolish uchun bir qanotidan uzilib tushgan patning  ikkinchi qanotdagi aynan o‘sha o‘rinda o‘sgan sherigini tumshug‘i bilan uzib tashlar ekan.

 

Aytishlaricha, sut emizuvchilar ichida faqatgina bo‘ri inson qo‘liga o‘rganmaydi. Rostanam, sirkda koptok o‘ynagan bo‘rini ko‘rganmisiz?



Dilora Xoliqova tayyorladi.