Osakada qasddan uyushtirilgan yong‘inda o‘nlab odamlar bino ichida qolgan, Londonda ham yirik yong‘in: 4 bola nobud bo‘lgan
Yaponiyaning Osaka shahridagi binoda sodir bo‘lgan yirik yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi jabrlandi, ulardan aksariyatining ahvoli og‘ir, deb xabar berdi Kiodo agentligi o‘t o‘chirish departamentiga tayanib.
Ularning holati "yurak va o‘pka faoliyati to‘xtashi" deb ta’riflanmoqda.
Shaharning savdo mavzesidagi binoning 4-qavati yonib ketdi. Avvalroq Kiodo 20 ga yaqin odam qochishga ulgurmagani sababli binoning xavfli qavatida qolishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
NHK telekanaliga ko‘ra, ayni paytda yong‘in o‘chirilgan. Politsiya binoga qasddan o‘t qo‘yilgan deb ehtimol qilmoqda.
Shuningdek, Britaniya poytaxti o‘t o‘chirish departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Londonning Satton tumanidagi turar-joy binosida sodir bo‘lgan yong‘inda to‘rt nafar bola halok bo‘ldi.
"O‘t o‘chiruvchilar uyga kirib to‘rt bolani binodan olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Bolalar kasalxonaga yetkazildi, ammo afsuski, shifokorlarning urinishlariga qaramay, ular vafot etdi", - deyiladi xizmat bayonotida.
Ayni paytda yong‘in o‘chirilgan hodisa sabablari o‘rganilmoqda.