Osiyo ko‘zi ojizlar uyushmasi a’zolari — Samarqandda
Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo ko‘zi ojizlar uyushmasining navbatdagi assambleyasi yig‘ilishi ishtirokchilari Samarqandga keldi.
Ko‘zi ojizlar jamiyati viloyat bo‘limi raisi Z.Oqbo‘tayev hamrohligida mehmonlar Samarqand bilan tanishuvni Hazrati Xizr yodgorlik majmuasidan boshlashdi.Bu yerda mamlakatimiz Birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.
Shundan so‘ng mehmonlar Xo‘ja Doniyor majmuasi bilan tanishdi.
- Samarqandni go‘zal shahar ekanligini ko‘p bor eshitganman, — dedi Osiyo ko‘zi ojizlar uyushmasi rahbari Santosh Kumar Rungta. - Ayniqsa, tarixiy obidalarni ta’riflashga so‘z topa olmaysan. O‘zbekistonga yeyelganda, albatta, Samarqandga borishni niyat qilgandim. Va bugun kelib bunga guvoh bo‘lyapmiz.
Shuningdek, mehmonlar Samarqand shahridagi Shohi Zinda yodgorligi, Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi va boshqa diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi.