Ota xorijga chiqish uchun 30 million so‘m to‘ladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining sud hujjatiga asosan qarzdor Islom.A.dan undiruvchi Dilfuza.M.ning foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun to u voyaga yetgunga qadar har oydagi ish haqi va boshqa daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Byuroning Urgut tuman bo‘limiga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga yuborilgan. Shundan so‘ng qarzdor o‘zi va yaqin qarindoshlari tomonidan aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan.

Qonunchiligimizga ko‘ra, aliment to‘lovchining respublika hududidan chiqishi cheklanadi. Islom.A. ham O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi davlat ijrochisining qaroriga asosan cheklangandi. U xorijga chiqish huquqini qayta tiklash maqsadida undiruvchi Dilfuza.M.ning foydasiga oldindan 30 million so‘m aliment pullarini to‘lab berdi. Endi u bemalol xorijga chiqishi mumkin.

Majburiy ijro byurosi

Urgut tuman bo‘limi.