O‘tgan hafta Rossiyadan 1 767 nafar fuqaro olib kelindi
- 30.06.2020 11:15
- 58
- O‘zbekiston
Joriy yil 21 iyundan 27 iyungacha mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi ko‘magida ushbu mamalakatdan 1 ming 767 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.
Bu vaqt oralig‘ida Moskvadan ikkita (522), Yekaterinburg (267), Qozon (276), Novosibirsk (192) va Sankt-Peterburg (510)dan bittadan charter reys amalga oshirildi.
Mazkur reyslar orqali birinchi navbatda qariyalar, sog‘lig‘idan shikoyati bor insonlar, homilador va yosh bolali ayollar O‘zbekistonga qaytishdi.
Bundan tashqari, elchixona tomonidan o‘tgan bir haftada «Mehr» xayriya loyihasi doirasida moddiy jihatdan qiynalib qolgan 640 nafar vatandoshga bir martalik pul mablag‘lari to‘lab berildi.
Moddiy ko‘makning umumiy miqdori 4 million 282 ming 340 rublni tashkil qildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa