O‘tgan yili eng ko‘p qonunbuzilish holatlari pensiya (nafaqa) va soliq sohasida aniqlangan
2022 yilda davlat organlari va tashkilotlarining ish faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilayotganligi yuzasidan 2121 ta davlat organlari va tashkilotlarida 2499 marta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.
Adliya idoralari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va monitoring natijasida 446 984 ta qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
Qonunbuzilish holatlarining 128 847 tasi (29 %) pensiya va nafaqa;
69 885 tasi (16 %) soliq;
49 835 tasi (11 %) ta’lim;
31 610 tasi (7 %) mehnat va bandlik,
16 773 tasi (4 %) sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarga tegishli.
Mazkur holatlar yuzasidan sudlarga 3070 ta jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarida ariza, tegishli organlarga 1376 ta ma’muriy javobgarlikka tortish, 16 ta jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritilgan.
Natijada jismoniy va yuridik shaxslarga 102 mlrd. 969 mln. 405 ming 864 so‘m mablag‘ undirib berilgan.