OTMda o‘qishni tiklash va «perevod» qilish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 27 iyundagi "Talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha hujjatlarni joylarda qabul qilishni tashkil etish to‘g‘risida"gi 563-sonli buyrug‘iga binoan oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizalar qabul qilinishi boshlanadi.
Samarqand shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalariga tegishli arizalar Samarqand davlat universiteti, fizika fakulteti binosida olinadi.
Ishchi guruh 2018 yil 15 iyuldan 5 avgustgacha soat 9.00 dan 17.00 gacha arizalarni qabul qiladi.
Yakshanba – dam olish kuni.