Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda kimlar imtiyozga ega?

Ayni kunlarda bu savolning javobi ko‘pchilik abituriyent va ularning ota-onalarini qiziqtirmoqda.

Quyidagi abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozga ega:

— Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari;

— xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari bo‘lgan bitiruvchilar;

— Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;

— “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;

— “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi g‘oliblari;

— tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari;

— Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari;

— “Nihol” mukofoti sovrindorlari;

— O‘zbekiston yoshlar ittifoqi respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari (pedagogika yo‘nalishlariga);

— to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar;

— Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tab, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar;

— chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlar;

— harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar;

— ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari.

Shuningdek:

— Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun o‘qish davrini a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilari;

— mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar;

— ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

— ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega profilaktika (katta) inspektorlari;

— iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolar;

— Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilari.