OTMlarda darslarni qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilingan

➖ Nega yurtimizda oliy ta’lim muassalarida an’anaviy o‘qishga qaytilyapti? Oliy ta’lim muassasalari binolari va avtobuslarda karantin qoidalariga amal qilinadimi?

Ushbu savolga CCV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva javob berdi.

➖ Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv darslarini qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilingan. Har bir muassasa pandemiya sharoitida o‘quv xonalarda va yotoqxonalarda sanitariya-epidemiologik holatni o‘rganib, kamchiliklarni aniqlab va bartaraf etilgandan so‘ng darslarga ishtirok etish ruxsati beriladi.

Barcha oliy ta’lim muassalarida chora-tadbirlar koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan. Ammo bu vaziyatda institutlardagi professor-o‘qituvchilar va talabalarga ham ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. O‘zida kasallikning ilk belgilarini sezgan holda o‘z-o‘zini yakkalash va shifokorga murojaat qilishi zarur. Jamoat transportlarida esa yo‘lovchi tashishda ko‘rsatilgan epidemiologik qoidalarga amal qilinishi shart va tegishli nazorat organlardan tekshirib boriladi.