Ovoz berish jarayoni yakunlandi
Bugun mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tdi.
Ertalab soat 08.00 da boshlangan siyosiy tadbir 20.00 da yakuniga yetdi.
Samarqand shahridagi "Monomarkaz"da joylashgan 102-saylov uchastkasida Nurli kelajak mahallasining 2 ming 457 nafar fuqarosi ro‘yxatga olingan. Ularning 75 foizdan ortig‘i saylovda ishtirok etib, o‘ziga munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi. Saylov uchastkasiga kelishga imkoni bo‘lmagan 15 nafar nuroniy va nogironligi bo‘lgan shaxslarning xonadonlarida ovoz berishlariga sharoit yaratildi.
Uchastkada soat 20.00 da ovoz berish yakunlanib, saylov uchastkasi komissiyasi a’zolari yig‘ilgan ovozlarni sanashga kirishdi.