“Ovozi Samarqand”: 35 yillik jurnalistik faoliyatga nazar

Samarqand shahrida “Ovozi Samarqand” gazetasi chop etila boshlaganining 35 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, tahririyat jamoasini ushbu sana bilan qutladi.

- Ushbu gazeta nafaqat viloyatda, balki mamlakatimizda ilmu ma’rifat, insonparvarlik va vatanparvarlik haqida yozadigan matbuot nashrlaridan bir, - dedi A.Boboyev. - Ayniqsa, bugungi kunda gazeta o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarib kelmoqda. Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bu jarayonda ahil samarqandliklarning faol ishtiroki nashrlar mazmun va mundarijasini tashkil etmoqda.

Tadbirda tahririyatga viloyat hokimligining sovg‘alari hamda faol jurnalist va gazeta hamkorlariga tahririyatning sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida gazetaning 35 yil davomida bosib o‘tgan yo‘li, bu dargohda ishlagan muharrir va muxbirlar, ularning o‘tkir mavzularda yozgan maqolalari, gazetachilikning buguni va ertasi haqida so‘z yuritildi.