«Ovozi tojik» 95 yoshda!

Mamlakatimizda nashr etilayotgan «Ovozi tojik» gazetasining birinchi soni chop etilganiga 95 yil to‘ldi.
O‘tgan vaqt mobaynida “Haqiqati O‘zbekiston”, “O‘zbekistoni surx” nomlari bilan o‘quvchilar qo‘liga yetib borgan gazeta bugun ko‘p millatli yurtimizda istiqomat qilayotgan tojik millatiga mansub aholining sevimli nashri hisoblanadi. Samarqandda ham ushbu gazeta mushtariylari ko‘pchilikni tashkil etadi.

E’tiborlisi, “Ovozi tojik” tahririyatida xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan, mushtariylarning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan taniqli adiblar, jurnalistlar faoliyat ko‘rsatgan va ayni paytda ham ish olib bormoqda.

Gazeta jamoasini qutlug‘ sana bilan tabriklaymiz!