«Oy poygasi»da kim g‘olib chiqar ekan?
«Roskosmos» «oy tenderi»ni e’lon qildi. Davlat korporatsiyasi odami oyga uchish xavfsizligini ta’minlovchi kompaniya topilsa, uning bilan 1,7 mlrd. rublga shartnoma tuzishga tayyor.
Xo‘sh, Oyga uchish nimaga zarur?
Gap shundaki, birinchidan, amerikaliklar, xitoyliklar, hindlar, hatto Saudiya Arabistoni fuqarolari orasida Oyga sayohat qilishni istovchi fuqarolar ko‘paymoqda. Ikkinchidan, yetakchi mamlakatlarni Oy boyliklari qiziqtirmoqda. Xususan, Oyga uchirilgan kosmik apparatlar – sovet lunaxodi», Amerikaning «Serveyor-1» va boshqa o‘nlab apparatlar orqali olingan Oy tuprog‘i namunalari kimyoviy tarkibi ana shundan darak beradi.
Robot-prezident
Bir necha yil oldin Yangi Zelandiyada dunyoda birinchi xayoliy siyosatchi yaratilgandi. Sem nomli bot bilan Feysbuk orqali muloqot qilish mumkin. U turli ommaviy-siyosiy mavzularda fikr bildirishi va mahalliy darajadagi saylovlarda ishtirok etmoqchiligini aytish mumkin.
Sem o‘z bilimini oshirib boradi va kundan-kunga siyosiy vaziyatlarni yaxshiroq tushunadi.
Omma kayfiyatini chuqurroq anglaydi. Hozirgi zamon sun’iy intellekt tizimi saylovchilar va ularning maqsadlari haqida salmoqli ma’lumotlar to‘plamini ishlay oladi, tahlil qiladi, bebaho maslahatlar beradi. Yaqin kelajakda ularga davlat postlarini ishonib topshirilsa ajab emas. Buning ustiga robotlar pora olmasligi aniq. Madrid universitetining yaqindagi so‘rovlari shuni ko‘rsatdiki, 51 foiz yevropaliklar amaldorlar va deputatlarni sun’iy intellektga almashtirishiga rozi. Xitoyda bunday fikrdagilar yanada ko‘p – 75 foiz. Bu shuni bildiradiki, ertami-kechmi birorta mamlakat prezidentligiga robot saylanishi hech gap emas.
«AiF» (2021 y 40-son)dan T.Shomurodov tayyorladi.