Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘z kasbining fidoyisi edi

Tashabbuskorligi, kamtarinligi va fidoyiligi bilan yurt koriga yaragan, vatanparvar kishilar ko‘p. Ana shundaylardan biri san’atni jonu dili deb bilgan ustoz Abdulla Mo‘minov edi.

A.Mo‘minov 1947 yil 1 iyunda Samarqand shahrida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatgach, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining tasviriy san’at va chizmachilik yo‘nalishinida o‘qidi.

Qo‘liga diplomni olgach, 1970-1975 yillarda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining chizma geometriya kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib ishladi. Shu davrda Ukrainaning Kiyev shahrida stajyor tadqiqotchisi sifatida faoliyat yuritdi.

A.Mo‘minov 1975-2007 yillarda Samarqand shahar 1-son pedagogika kollejida direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, SamDU tasviriy san’at kafedrasi katta o‘qituvchisi va 2007 yildan 2010 yilgacha kasbiy ta’lim metodikasi kafedrasida o‘qituvchi lavozimlarida ishladi.

Ustoz faoliyati davomida tasviriy san’at, chizmachilik va chizma  geometriya fanlaridan talabalarga saboq berib, fan sirlarini o‘rgatdi, ko‘plab shogirdlar tayyorladi. 30 ga yaqin ilmiy maqola va uslubiy ishlar yaratib, tadqiqotlar olib bordi. Bugunga kunda ulardan o‘qituvchi va talabalar ta’lim jarayonida foydalanib kelmoqda.

Ajoyib mo‘yqalam sohibi, pedagog-rassom bugun oramizda bo‘lmasa-da, u kishining ezgu amallari, shirin xotiralari farzandlari, jamoadoshlari va shogirdlari ishlarida davom etmoqda.

Marjona Hasanova,

SamDU o‘qituvchisi.