Britaniyaning BAT kompaniyasi Samarqanddagi “Samfruit”da ulushini 36,5 foizgacha oshirdi

BAT yana 512 ming aksiya sotib oldi. Bu yil boshidan beri ular o‘rtasidagi uchinchi bitimdir.

Birja ma’lumotlariga ko‘ra, British Amerikan Tobakko (BAT) Samarqanddagi “Samfruit”  kompaniyasi kapitalidagi o‘z ulushini yana oshirdi.

Birjadan tashqari savdo 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. BAT yana 512 ming dona aksiya sotib oldi. Endi kompaniya 12,4 million aksiyaga ega - bu “Samfruit”ning 36,55 foiz aksiyasini tashkil qiladi.

Bu ikki kompaniya o‘rtasidagi 2021 yildagi uchinchi bitimdir. Iyun oyida BAT “Samfruit” aksiyalarining 712 mingtasini yoki kapitalining 2 foizini sotib oldi. Sentyabr oyida u o‘z ulushini yana 0,99 foizga kengaytirib, qo‘shimcha ravishda Samarqand kompaniyasining 350 ming dona aksiyasini sotib oldi.

2019 yilda "UZBAT" qo‘shma korxonasi “Samfruit” bilan qo‘shma korxona tuzish uchun 11 million dollar sarmoya kiritdi. Bu mablag‘ meva-sabzavotni sublimatsion va havo yordamida quritish, qo‘shimcha qadoqlash va o‘rash uskunalarini xarid qilishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan edi.

“Samfruit” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasi bo‘lib, 2003 yilda tashkil etilgan. Kompaniya tabiiy quritilgan sabzavotlar va quritilgan mevalarni ishlab chiqaradi. Bugungi kunda bu korxona mahsulotlari 16 davlatga eksport qilinmoqda.

"UZBAT" qo‘shma korxonasi 1994 yilda tashkil etilgan. 1997 yilda kompaniya Samarqandda o‘z fabrikasini qurgan. Kompaniyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi 400 million dollardan oshdi.