O‘zbek tili – millatimizning abadiy qo‘shig‘i

Samarqand shahridagi markaziy istirohat bog‘ida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘lishi hamda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbirda viloyat va shahar hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limlari, oliy o‘quv yurtlari, milliy madaniy markazlari, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Haykal poyida tashkil etilgan adabiy-ma’rifiy tadbirda, dastlab viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov tilimizning qadr-qimmati haqida gapirib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi.
Shuningdek, tadbirda viloyatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirishda faollik ko‘rsatayotgan tilshunos olimlar, shuningdek, shoirlar va turli millatga mansub talabalar o‘zbek tilida she’rlar o‘qidi.
Shundan so‘ng hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi.