O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

«Milliy elektr tarmoqlari» korxonasi Afg‘onistonning «Da Afghanistan Breshna Sherkat» kompaniyasi bilan «Ol va to‘la!» sharti asosida 10 yil muddatga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va «Da Afghanistan Breshna Sherkat» (DABS) o‘rtasida tuzilgan mazkur shartnoma 10 yillik muddatga tuzilgan bo‘lib, elektr energiyasi yangi qurilayotgan «Surxon-Puli-Xumri» elektr uzatish liniyasi (EUL) orqali uzatiladi.

Elektr energiyasini yetkazib berish hajmi dastlabki bosqichda 4,2 milliard kVt/s ni tashkil etadi va kelgusida 6 milliard kVt/s ga yetkaziladi», deb yozadi minenergy.uz sayti.