O‘zbekiston — barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir!
Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan ushbu shior ostida tadbirlar o‘tkazildi.
Dastlab Samarqand shahrining Registon, Bo‘stonsaroy, Ibn Sino, Rudakiy, Beruniy, Buyuk Ipak yo‘li, Mirzo Ulug‘bek, Universitet xiyoboni ko‘chalari bo‘ylab davlat ramzlari aks ettirilgan "Vatanparvar avtokarvoni" harakatlandi.
So‘ngra Samarqand shahar, Ko‘ksaroy maydoni hududida yoshlar o‘rtasida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Asosiy tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari X.Ochilov, Oliy Majlis Senati a’zosi F.Toshev ishtirok etib, davlatimiz ramzi sanalgan gerb haqida gapirdi. Shoira Jumagul Suvonova she’rlar o‘qidi.
Shuningdek, tadbirda ishtirokchilar tomonidan Vatanni, tinchlikni madh etuvchi she’r va qo‘shiqlar ijro etildi. Rasmlar tanlovi g‘oliblariga sovg‘alar ulashildi.