O‘zbekiston futbol bo‘yicha Osiyo kubogini qabul qilmoqchi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Osiyo futbol konfederatsiyasi 2027 yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish uchun taklif yuborgan besh a’zo assotsiatsiya nomini rasman tasdiqladi.

Qit’a birinchiligini qabul qilish uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham davogarlik qilmoqda.

Shuningdek, Osiyo kubogi bahslarini qabul qilish huquqi uchun Hindiston, Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni ham ariza topshirganligi ma’lum qilindi.

XIX Osiyo kubogining rasmiy mezboni 2021 yilda e’lon qilinishi rejalashtirilgan.