O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri o‘zgardi

Po‘lat Razzoqovich Bobojonov Ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallab kelgan Aziz Anvarovich Toshpo‘latov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi.

Bundan ilgariroq A.Toshpo‘latov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Aziz Anvarovich 2017-2019 yillarda Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.