O‘zbekiston jamoasi Yaman ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida O‘zbekiston — Yaman o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Murabbiy uchun bu ilk rasmiy o‘yin bo‘ldi.
To‘plarni Sanjar Qodirqulov, Eldor Shomurodov, Jamshid Iskandarov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Igor Sergeyev kiritdi.
Yil yakuniga qadar “oq bo‘rilar” oldida uchta o‘yin: safarda 15 oktyabrda Singapur, ikkita o‘yin uyda 14 va 19 noyabrda Saudiya Arabistoni va Falastin jamoalari bilan uchrashadi.
Yaman bilan javob uchrashuvi 2020 yil martda bo‘ladi.