O‘zbekiston-Janubiy Koreya ta’limi: Ilmiy aloqalar kengaymoqda

Samarqand davlat chet tillar institutining koreys filologiyasi kafedrasi va Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari yildan yilga kengayib bormoqda.

Dastlab 2001 yilda koreyalik professor Kim In Te tashabbusi bilan Samarqand davlat chet tillar institutida koreys filologiyasi fakulteti tashkil qilindi.

Koreyadan ko‘ngilli bo‘lib kelgan professor-o‘qituvchilardan Kim In Te, Cho Yun Xi, Pak San Xo, Pak Chong E, I Chon Gi, I Min Jong, Pek Kim Ran, Im Jong In, Kim Mi Xva, Kvong Don Jin va Che Xyon Do fakultet talabalariga nafaqat koreys tilini, balki Koreya tarixi, geografiyasi, madaniyati kabi fanlaridan ta’lim berishgan.

O‘tgan davr mobaynida institut o‘qituvchilarining va tadqiqotchilarning Koreya Respublikasidagi yetakchi oliygohlarida malaka oshirib kelishi, talabalarning o‘z o‘qishlarini Koreya universitetlarida davom ettirishi an’anaga aylandi.

Institutda ta’lim jarayonida xorijda o‘rganib kelingan ta’lim metodlaridan foydalanilmoqda.

Bugungi kunda koreys filologiyasi kafedrasi Janubiy Koreyaning 15 ta universiteti bilan ilmiy hamkorlik qilmoqda.

Iroda BAYoNXONOVA,
SamDChTI koreys filologiyasi kafedrasi mudiri.