“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘ldim!”

Bundan 25 yil avval Qozog‘istondan Qo‘shrabot tumanining O‘razmat qishlog‘iga kelin bo‘lib tushgandim. Shuncha vaqtdan buyon ota uyimga qaytib borolmagandim. Sababi O‘zbekiston fuqarosi ekanligimni tasdiqlovchi xujjatim yo‘q edi. Bir oila bekasi bo‘lib, farzandlar tarbiyalab, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, birovdan kam bo‘lmadim. Ammo  O‘zbekiston fuqarosi degan nomga ega bo‘lish, tug‘ilib o‘sgan ona yurt sog‘inchi menga azob berib kelardi.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi pasporti tantanali ravishda topshirilganda, dunyoda mendan baxtiyor inson yo‘q edi go‘yo. Bu kun men uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi.

Endi men O‘zbekiston fuqarosiman. Endi kindik qonim to‘kilgan yurtga bemalol borib kelish imkoniyatiga egaman. Bu imkoniyatlarni yaratib bergani uchun Prezidentimizdan minnatdorman.

Gulchehra XUDOYQULOVA.