“O‘zbekiston temir yo‘llari” Mustaqillik bayramiga chegirma e’lon qildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2022 yil 1–4 sentyabr kunlari ichki yo‘nalishlarda yo‘lovchi poyezdlari tarif qismidan kiritilgan chegirmalar joriy etilmoqda:

➖ Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%;

➖ Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta’lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%;

➖ Oilaviy bo‘lib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15%;

➖ Bir jamoa, guruh bo‘lib poyezdga chiqsa (yo‘riqnoma asosida 4 nafar va undan ortiq kishiga) chiptaning tarif qismidan – 15%;

➖ «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga chiptaning tarif qismidan – 10%.

IZOH: Imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.