O‘zbekiston va Xitoy shifoxonalari hamkorlikda og‘ir ahvoldagi bemorlarni masofaviy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi

Bugun, 25 aprel kuni xitoylik mutaxassislar guruhi Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida masofaviy tibbiy konsultatsiya qilish tizimining ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Chjan Venchuan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari B.Qurbonov, Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti rektori H.Oqilovlar ishtirok etdi.

Bu tizimga Szyansi provinsiyasining 2 ta yirik shifoxonasi va O‘zbekistonning 10 ta shifoxonasi qo‘shildi. Ushbu tizim shifokorlar o‘rtasida doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish va epidemiyaga qarshi davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Marosimdan keyin ikki davlat shifokorlari og‘ir ahvoldagi bemorlarni masofaviy ko‘rikdan o‘tkazdi.