O‘zbekiston xalq artisti va san’at arbobi Bahodir Yo‘ldoshev tavalludining 80 yilligi nishonlanadi

Ustoz rejissyor hayoti va ijodiga oid adabiy-ma’rifiy xotira kechasi o‘tkazish hamda hujjatli film suratga olish reja qilingan. 

Bahodir Yo‘ldoshev (1947–2021) faoliyati davomida teatr rivojiga katta hissa qo‘shdi.

Taniqli rejissyor 1945 yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. U 1970 yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. 1971-1974 yillarda Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatrida rejissyor, 1974-1984 yillarda bosh rejissyor bo‘lib ishlagan.

Bahodir Yo‘ldoshev 1984 yildan boshlab Abror Hidoyatov nomli O‘zbek Davlat drama teatrida badiiy rahbar sifatida faoliyatini davom ettirgan. Bu teatrda u "Maysaraning ishi", "Farmonbibi arazladi", "Paranji sirlari", "Qora kamar", "Ziyofat", "Iskandar", "Firidun", "Nodirabegim", "Ipak yo‘li" kabi asarlarni sahnalashtirgan.

O‘zbekning buyuk rejissyori bir nechta xalqaro va O‘zbekiston teatr festivallarining mukofotlari bilan taqdirlangan.

Bahodir Yo‘ldoshev mustaqillik yillarida "Sharq taronalari" Xalqaro musiqa festivali, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va Navro‘z bayramlariga bag‘ishlangan tadbirlarning bosh rejissyori sifatida madaniy jarayonda faol ishtirok etib kelgan.

Marhum rejissyor “Diydor rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” asoschisi hisoblanib, umrining oxirigacha unga rahbarlik qilgan.