Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf haqida film suratga olinmoqda

"O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Ijod studiyasi” tomonidan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda “Muhammad Yusuf: Ulug‘imsan, Vatanim!” badiiy-publitsistik hujjatli filmi suratga olinmoqda.

Mazkur film O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda taniqli ijodkorlarning intervyulari va xotiralar o‘rin olgan.

Shuningdek, shoirning shartli obrazi orqali ijodiy kayfiyati, iztiroblari, yozish jarayonlari manzarasi yoritiladi. Muhammad Yusuf tug‘ilib o‘sgan qishloq, 1970-1990 yillardagi adiblar anjumanlari, gazeta va jurnallarda chop etilgan she’rlari, o‘zining ishtirokidagi video xronikal tasvirlardan foydalaniladi.

Film ssenariy mualliflari - Iqbol Meliqo‘ziyev, Doston Hojimatov, postanovkachi rejissyor - Iqbol Meliqo‘ziyev, badiiy rahbar - Ibrohim Yo‘ldoshev.